2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL DAVOM ETMOQDA
22/07/2026
Samarqand davlat universiteti Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk State University bilan hamkorlikda tashkil etilgan magistratura bosqichining 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hujjatlar qabuli davom etmoqda.
Novosibirsk State University dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, QS World University Rankings Top-1000 reytingidan o‘rin olgan.
Mazkur dastur orqali talabalar: ✔️ 1 yil DTPIda va 1 yil Novosibirsk State Universityda tahsil oladilar; ✔️ zamonaviy ilmiy va akademik muhitda bilim oladilar; ✔️ xalqaro darajada tan olinadigan 2 ta oliy ta’lim muassasasining diplomiga ega bo‘ladilar.
📚 Ta’lim tili: rus tili 👨🎓 Ta’lim shakli: kunduzgi ⏳ O‘qish muddati: 1+1 🎓 Diplom: Xalqaro qo‘shma diplom
📲 Telegram: @dtpi_qabul ☎️ Murojaat uchun: +998 97 244 52 15 +998 76 228 08 27 Ichki raqamlar: 112, 204