2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxasisliklariga qabul davom etmoqda
22/07/2026
22-iyul soat 13:30 holatiga ko‘ra qabul jarayonlari statistikasi:
➖ Magistratura
Magistratura bosqichiga hujjat topshirish davom etmoqda. Ayni paytgacha 36 814 ta ariza qabul qilindi. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
➖ Texnikum bitiruvchilarini OTTlarga suhbat asosida qabul qilish
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTTlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun 4 368 ta ariza kelib tushdi. Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
➖ Ikkinchi mutaxassislik
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun 11 301ta ariza kelib tushdi. Qabul 10-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
➖ O‘qishni ko‘chirish va tiklash (davlat)
Respublikaning davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun 16 463 ta ariza kelib tushdi. Qabul 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
➖ O‘qishni ko‘chirish va tiklash (nodavlat)
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni ko‘chirish va o‘qishni tiklash uchun 787 ta ariza kelib tushdi. Qabul 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
ℹ️ Eslatib o‘tamiz, magistratura, ikkinchi mutaxassislik hamda texnikum bitiruvchilari uchun arizalar my.edu.uz, o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha arizalar esa transfer.edu.uzplatformalari orqali onlayn qabul qilinmoqda.