2025-yil 1-yanvardan boşlab kasbiy taʼlim taşkilotlarida işlab çiqariş amaliyotining yangi tartibi joriy etiladi. 

04/01/2025

▪️Hujjatga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan:

➡️ōquvçilar uçun işlab çiqariş amaliyoti va diplom oldi amaliyoti ōrniga yagona işlab çiqariş amaliyoti tizimi joriy etiladi;

➡️işlab çiqariş amaliyotini ōtaydigan ōquvçilarga tegişli taşkilotlardagi malakali mutaxassislar “ustoz” sifatida biriktiriladi;

➡️ōquvçilarning amaliyot jarayonida egallangan amaliy kōnikmalarini iş beruvçilar bilan birgalikda baholaş tizimi yōlga qōyiladi.

▪️Şuningdek, qaror bilan “Kasbiy taʼlim taşkilotlari ōquvçilarining işlab çiqariş amaliyotini taşkil etiş tartibi tōḡrisidagi nizom” ham tasdiqlandi.

▪️Nizom:

➖amaliyot dasturlarini tegişli tarmoq va soha korxonalari (taşkilotlari) bilan kelişilgan holda işlab çiqiş hamda tasdiqlaş;

➖amaliyotni tegişli tarmoq va soha korxonalarida (taşkilotlarida) taşkil etiş;

➖kasbiy taʼlim taşkilotlari va iş beruvçilarning amaliyotlarni taşkil etiş bōyiça vazifalarini belgilaydi.