🏆 DTPI TALABALARI — RESPUBLIKA ÇEMPIONATI SOVRINDORLARI!
04/11/2026
🥋 Joriy yilning 31-oktyabr kuni Samarqand viloyatida sportning Taykvondo (ITF) turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, mazkur musobaqada Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari munosib ishtirok etib, faxrli natijalarni qo‘lga kiritdilar:
🥇 Raxmatov Sherdil Sherzod o‘g‘li — 1-o‘rin 🥉 Abdullayev Dilshodbek O‘ktamovich — 3-o‘rin
👏 Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, kuch-g‘ayrat va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!