📢 DTPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi ogohlantiradi.

🔵 Institutda o’tkazilayotgan yakuniy imtihonlar jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga amal qilish;
🔵 Ushbu jarayonda professor-o’qituvchilarning baholash faoliyatiga ichki va tashqi noqonuniy ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik;
🔵 Moddiy yoki nomoddiy ko’rinishdagi korrupsion uzatmalardan chetlanish;
🔵 Korrupsion holatlarga duch kelganda zudlik bilan bo’limga xabar berish!

✅ Hurmatli professor-o’qituvchilar hamda talabalar! Ushbu illatdan yiroq bo’lib institutning korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasizlik madaniyatini yuksaltirishda o’z hissangizni qo’shing.
Murojaat uchun telefonlar:
〰️ +998970760607 | +998976995055

Korrupsiya – taraqqiyot dushmani

🛑 Korrupsiya – bu nafaqat qonunni buzish, balki jamiyat va oila poydevoriga ham zarba beruvchi illatdir.

❗️ Ushbu rolikda siz:
🔍 Korrupsiya qanday qilib inson sha’nini yemirishini,
👨‍👩‍👧‍👦 Poraning oddiy bir harakat emas, balki butun oilaning kelajagiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishini,
⚖️ Halollik – farovon hayotning yagona yo‘li ekanini chuqur anglaysiz.

📺 Ekrandagi har bir kadr, har bir voqea — bu hayotdan olingan saboq. Poraga qo‘l urgan inson faqat o‘zini emas, farzandining ishonchi, turmush o‘rtog‘ining hurmati va ota-onasining yuzi oldida javobgar bo‘ladi.

📢 Bugun halol bo‘lish – ertaga farzandimizga toza jamiyat qoldirish demakdir!