🎄 Ayni kunlarda Denov tumanidagi Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasida joylashgan “Yoshlar saylgohi”da Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan konsert dasturlari yuqori kayfiyatda davom etmoqda.
🌲Bayram tadbirlarida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A. Ruziyev, institut mas’ullari hamda faol talaba yoshlar ishtirok etishib, bolajonlarga quvonch ulashmoqda. Tadbir davomida Qorbobolar paradi, rang-barang shou dasturlar, quvnoq sahna chiqishlari tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashmoqda.
🎄Barchani Yangi yil shukuhi hukm surayotgan bayram dasturlarini tomosha qilishga chorlab qolamiz.