YANGI YIL OQSHOMI: YIL SARHISOBI VA TALABALAR UCHUN BAYRAM KONSERTI
24/12/2025
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirokida bayramona konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
📌 Tadbirda institut rektori O. Ruziyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A. Mengliboyev, fakultet dekanlari, institut xodimlari hamda talabalar faol ishtirok etdilar.
🖇 Bayram dasturi doirasida qiziqarli va mazmunli chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Tadbir yakunida “Yilning eng yaxshi kafedra mudiri” tanlovi g‘oliblari e’tirof etildi. Shuningdek, yil davomida respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlarda munosib o‘rinlarni egallagan iqtidorli yoshlar tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.