Surxondaryo viloyatining iqtidorli yoshlari uchun yana bir tarixiy kun!
26/04/2025
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida o‘tkazilgan viloyat miqyosidagi biologiya, kimyo va fizika fanlari bo‘yicha olimpiadada faxrli 1-2- 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Denov, Oltinsoy, Uzun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo va Sho‘rchi tumanlari maktablarining 11-sinf o‘quvchilari “Institut granti” bilan taqdirlandi.
⚡️ Bu grant – nafaqat ularning mehnati va bilimga chanqoqligiga berilgan yuksak baho, balki ularning kelajakdagi katta orzulariga ochilgan yo‘ldir. Ilm yo‘lida sobitqadam yurgan bu yoshlar bizga faxr va ilhom bag‘ishlaydi. Ularning bu yutuqlari — o‘qituvchilarning fidoyiligi, ota-onalarning mehribonligi va eng asosiysi, o‘zlarining astoydil harakati mahsulidir.