Qabul-2025 imtihonlariga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda

04/07/2025

⚡️ 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i Karimov Yoqub Ziyodullayevich Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u abituriyentlarni test sinovlari asosida qabul qilish uchun ajratilgan binolarning holati, zaruriy texnik vositalar bilan ta’minlanish darajasi hamda xavfsizlik choralari ko‘rilganligini joyida o‘rgandi.

📌 Mazkur tashrif davomida test sinovlarini yuqori saviyada va shaffof o‘tkazish maqsadida binolardagi sharoitlar, jumladan, videokuzatuv tizimlari, kompyuter va boshqa jihozlarning tayyorgarlik holati alohida ko‘rib chiqildi.