Professor-o‘qituvchilarimiz Turkiyada malaka oshirmoqdalar.
12/01/2026
Xabar berganimizdek, institutimizning 15 nafar malakali professor-o‘qituvchilari Turkiyaning nufuzli Fırat universitetiga (Elazığ shahri) tajriba almashish va malaka oshirish maqsadida yetib borishgan edi.
✅ Safar tafsilotlari: • Guruh a’zolari universitetning Eğitim Fakültesi (Ta’lim fakulteti) dekani bilan uchrashib, kelgusidagi ilmiy va pedagogik hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. • Reja asosida dars mashg‘ulotlari va seminar-treninglar boshlandi. O‘qituvchilarimiz zamonaviy ta’lim metodikalari hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishmoqda. • Safar doirasida mazkur oliygohda talaba almashinuvi dasturi asosida tahsil olayotgan 4 nafar talabamiz bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Ularning o‘qish va yashash sharoitlari o‘rganildi.
✈️ Malaka oshirish jarayonlari davom etmoqda. Safar tafsilotlarini kanalimizda kuzatib boring!