OTM axborot xizmati xodimlariga sertifikatlar topshirildi
07/07/2025
3–5-iyul kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt” mavzusidagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘z yakuniga yetdi.
Unda ishtirok etgan DTPI Axborot xizmati rahbari Sharofitdin Shamsutdinov ham sertifikatni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovdan qabul qilib oldi.