O‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

11/12/2025

⚡️Kuni kecha Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faollar zalida Surxondaryo viloyat Kasaba uyushmalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qobil Bobolov rahbarligida o‘quv seminari tashkil etildi.

🖇 Jarayonda Denov tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi E. A. Axrorov hamda tarmoqdagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

📌 Seminar davomida kasaba uyushmalarida ish yuritish, jamoa shartnomalarining mazmuni va ahamiyati, mehnat qonunchiligi, ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi, shuningdek, kasaba uyushma byudjetidan maqsadli va samarali foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.