⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetida buyuk shoir va mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan g‘azalxonlik kechasi hamda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi J. Ubaydullayevaning “Baxtimiz poydevori” nomli she’riy kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📌 Mazkur adabiy-ma’rifiy tadbir davomida talabalar Alisher Navoiy g‘azallari va ruboiylarini, shuningdek, ustoz J. Ubaydullayevaning ijod namunalarini badiiy ifoda bilan ijro etib, tadbir ishtirokchilariga ma’naviy zavq ulashdilar.