Jarayon

10/12/2025

⚡️ 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan. Abdulla Oripov she’ri va Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamiz yurtimizning orzu-umidlarini, yorug‘ kelajakka ishonchini ifodalaydi.

🖇 Mazkur sana munosabati bilan DTPI Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, ustozlar va talabalar ishtirok etib, madhiyani birgalikda ijro etdilar hamda uning tarixi va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

📌 Shuningdek, institut rahbariyati tomonidan Jismoniy madaniyat yo’nalishi talabasi hamda Filologiya fakultetining iqtidorli talabalari xalqaro maydondagi yutuqlari bilan e’tirof etildi.