Indoneziyaning Pendidikan universiteti bilan hamkorlik kengaymoqda!

27/06/2025

⚡️Indoneziyaning Pendidikan universiteti UPI Cibiry Kampusi direktori Deni Darmavan hamda professor Neni Herlina institutimizga tashrif buyurib, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

📌 Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari, ilmiy va ta’lim sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi. Shu bilan birga, yangi hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar belgilandi.

📈 Kelajakda birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar va dasturlar orqali ta’lim sifatini oshirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish rejalashtirilmoqda.

⚡️ Ushbu tashrif doirasida mavjud xalqaro memorandum doirasida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi. Pedagogika fakulteti va 3 ta kafedra o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi:

➖ Pedagogika va psixologiya

➖ Maktabgacha ta’lim

➖ Axborot texnologiyalari

🔗 Ushbu kelishuvlar xalqaro ilmiy va akademik almashinuv, qo‘shma loyihalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.