Hurmatli ustozlar, xodimlar va aziz talaba-yoshlar!
20/03/2026
Avvalo, Sizlarni muborak va fayzli ayyom – “Ramazon” hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. “Ramazon” hayiti musulmon olamining eng ulug‘ va muqaddas bayramlaridan biri bo‘lib, u inson qalbini poklaydigan, mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik tuyg‘ularini mustahkamlaydigan ulug‘ ayyomdir. Ushbu muborak kunlarda insonlar o‘zaro mehr-muruvvat ko‘rsatib, yaxshilik va ezgulik yo‘lida birlashadilar. “Ramazon” hayiti – sabr-qanoat, shukronalik va ruhiy poklanishning yorqin ifodasi sifatida har bir qalbga quvonch va xotirjamlik olib kiradi.
Aziz jamoamiz a’zolari! Sizlar o‘z bilim va salohiyatingiz, fidokorona mehnatingiz hamda yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyatingiz bilan jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Sizlarning sa’y-harakatlaringiz tufayli yosh avlodni bilimli, vatanparvar va barkamol insonlar etib tarbiyalash yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu muborak “Ramazon” hayiti ayyomida barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka olib kirsin. Tutgan ro‘zalaringiz, qilgan ibodatlaringiz ijobat bo‘lsin. Qalbingizni doimo quvonch va baxt tark etmasin, har bir kuningiz yaxshilik va ezgulik bilan to‘lsin. Oilangizda totuvlik, hayotingizda esa yangi zafar va yutuqlar hamisha hamroh bo‘lsin.
Ramazon hayiti barchamizga yangi kuch-g‘ayrat, ezgu niyatlar va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin. Yurtimiz ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan sharafli faoliyatingizda omad va zafarlar tilaymiz.