Qoʻqon universitetida amalga oshirilayotgan ijtimoiy hamkorlik loyihalari, ehtiyojmand oilalar farzandlarini oʻqitish tajribasi va uni joriy etish mexanizmlariga bagʻishlangan seminar hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Seminarda DTPI rektori O.A.Ruziyev ham ishtirok etib, universitet infratuzilmasi, zamonaviy oʻquv binolari, laboratoriyalar hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi.
Ishtirokchilar taʼlim jarayonini raqamlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida maʼlumotga ega bo’ldilar.