Dolzarb 90 kun

05/07/2025

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilishi belgilab olindi.

🔸 Ushbu belgilangan topshiriqlar yuzasidan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

🔹 “Dolzarb 90 kun” dasturi yozgi ta’tilni nafaqat dam olish, balki yoshlar uchun o‘sish, o‘rganish, rivojlanish va yangi imkoniyatlar sari yo‘l sifatida qaralayotganligini ko‘rsatmoqda. Mazkur tashabbus kelajak avlodning sog‘lom, bilimli va faol bo‘lib ulg‘ayishi uchun muhim zamin yaratadi.