Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida buyuk mutafakkir, ulug‘ shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng nishonlandi

10/02/2026

🏛 Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida ham hazrat Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔺 Tadbir davomida buyuk mutafakkir, yirik davlat arbobining bebaho adabiy merosi, uning o‘zbek adabiy tili rivojidagi beqiyos o‘rni, insonparvarlik, adolat va ezgulik g‘oyalari keng yoritildi. Alisher Navoiy ijodi yoshlar qalbida milliy g‘urur va ma’naviy barkamollikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

📌 Talabalar tomonidan Navoiy g‘azallari o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda buyuk shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Tadbir ishtirokchilarida Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.