1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

10/12/2025

🇺🇿 1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan.

✅O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Aniq va tabiiy fanlar fakultetida madhiya kuylandi. Bu orqali milliy birligimizni mustahkamlashga, vatanparvarlik va g‘urur tuyg‘ularini targ‘ib etishga hissa qo‘shadi.

🏛 Shuningdek Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida ish kuni va dars jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi.

🔰Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini mujassam etgan madhiyamiz bugun ta’lim maskanlarida yosh avlodni muhabbat ruhida kamol topishiga xizmat qilmoqda.