Yosh olimlar – yurt kelajagi

28/06/2025

✅ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Magistratura bo‘limi “Biologiya” mutaxassisligi bitiruvchi magistrantlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarorida belgilangan VII va VIII boblarga muvofiq, magistrlik dissertatsiyalarini rasmiy himoya qilish jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdilar.

❇️ Magistrantlarimiz o‘z ilmiy salohiyatini namoyon etib, ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi tarjima, morfologik va semantik tahlillarga oid dolzarb mavzularda muvaffaqiyatli himoya o‘tkazishdi.

🔷 DAK raisi SamDu dotsenti M.Qo‘ziyev va UrDu dotsenti X.Raximova hamda a’zolari tomonidan berilgan savollarga puxta bilim va mahorat bilan javob berib, o‘z magistrlik dissertatsiyalarini yuqori baholar bilan himoya qildilar.