📍 Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig‘i A.Bozorov va jamoasi tomonidan “Yong‘indan ogohlik-umummilliy kompaniyasi” oyligi doirasida Pedagogika fakulteti 3-4-TTJ larda fakultet dekani tashabbusi bilan targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
💥Tadbirda yong‘inning oldini olish, kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yuzasidan hayotiy misollar asosida tushuntirish ishlari olib borildi va talabalarga yong’in vaqtida foydalaniladigan jihozlar tanishtirildi hamda ulardan foydalanish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.