“Yashil makon” tashabbusi doirasida amaliy tashrif
08/10/2025
🌿 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev hamda institut bog‘boni “Quyoshli yurt” mahallasidagi Oybek Sattorov issiqxonaga tashrif buyurib, u yerda yetishtirilayotgan turli xil ko‘chat va gul turlarining parvarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
❇️ Tashrif davomida issiqxonada yaratilgan sharoitlar, o‘simliklarni parvarishlash va ko‘paytirish tajribalari o‘rganilib, mazkur tajribalarni institut hududida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi doirasidagi obodonlashtirish ishlariga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
💐 Mazkur tashabbus atrof-muhitni yanada go‘zal va ekologik jihatdan sog‘lom saqlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.