“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ga start berildi

08/04/2026

🏆 Bugun, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalariga start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🏛 Tadbirni institut rektori O.A.Ruziyev ochib berib, ishtirokchilarga musobaqaning ahamiyati hamda uning maqsad-vazifalari haqida ma’lumot berdi.

🏐 Tadbir davomida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan muhim yo‘nalishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

📍 Mazkur Olimpiada talabalar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔥 Yangi O‘zbekiston yoshlari — kuchli, chaqqon va g‘alabaga intiluvchi! 🇺🇿💪