🏢 DTPI Pedagogika fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olish va “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Fakultetimiz talabalari safiga endigina qo‘shilgan talabalarni — mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik shodiyonalari bilan chin yurakdan muborakbod etamiz! Sizlar — Vatanimiz ertangi kunining tayanchi, yaratuvchisi va himoyachisisiz!
📌Mazkur tadbirda Sariosiyo tuman hokimi A. Donayev, Moliya va iqtisod ishlari bo’yicha prorektor D. X.Tursunov, fakultet dekani R.Salomovalar so’zga chiqib, barcha talabalarga muvaffaqiyat tiladi.
⚡️ Shuningdek, 1-kurs talabalarining ota-onalari ham samimiy dil so’zlarini izhor qilishdi.