Xushxabar

09/02/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Quvnoqlar va zukkolar” bo‘yicha “Online” jamoasi Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Voha ligasi” musobaqasida g’alaba qozonib, Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadigan yarim final musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Qolaversa, jamoamiz a’zosi E.Ochildiyev
homiylar tomonidan pul mukofotlari bilan ham taqdirlandilar.