Xushxabar

18/05/2025

🏐 Bugun Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining mini futbol turi bo‘yicha Respublika final bosqichiga start berildi.

🔵 Quvonarlisi, mazkur musobaqalarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi Surxondaryo viloyati sharafini himoya qilmoqda.

🌐 Institutimiz yoshlari birinchi o‘yinda musobaqaning fovariti hisoblangan Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ustidan 2:0 hisobida ustun kelib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldilar.

💬 Jamoamizning keyingi bahslariga omad tilaymiz.