Xorijlik olim bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy qo‘llanma nashr etildi

14/12/2025

🏛 Jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish doirasida Dr. Indra Safari, M.Pd va PhD, Nosirova Dilnoza Sobirovna hammuallifligida “Entrepreneur in Physical Education” nomli ilmiy-amaliy qo‘llanma nashr etildi.

✅ Mazkur nashr jismoniy tarbiya sohasida tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirish, sport ta’limida innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda mutaxassislarni tayyorlashda amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

📌 Nashr xalqaro hamkorlikning samarasi sifatida institutimizning ilmiy salohiyatini oshirish va soha rivojiga hissa qo‘shish maqsadida tayyorlandi.