🌍 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga Hindistonning nufuzli ta’lim muassasalari rahbarlari Girish K. Chandel — Indira Gandhi Agricultural University rektori, Dr. Lalit Aggarwal — Management Education & Research Institute vitse-prezidenti, Dr. Hulas Pathak — Indira Gandhi Agricultural University Agribiznes boshqaruvi bo‘limi mudiri, Mamata Aggarwal — Ramakrishna Senior Secondary School direktori rasmiy tashrif bilan kelishdi.
🤝 Mehmonlar institut faoliyati, ta’lim jarayonlari hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
🔵 Uchrashuvda ishtirok etgan Denov tuman hokimi Anvar Normamatov tumanda mavjud imkoniyatlar, Hindistonning mazkur nufuzli ta’lim muassasalari bilan hamkorlik haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.