🔷 Bugun Bosh vazir o’rinbosari Zulayho Baxriddinovna Mahkamova rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-103-son qarori bilan belgilangan, 2025 yilda 250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish maqsadli ko‘rsatkichi ijrosini tashkil etishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ✅ Videoselektor yig‘ilishida DTPI rektori O.A.Ruziyev, o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor B.Sh.Primqulov, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanovalar ishtirok etishdi.