🖋 Fan sohasida samarali mehnat qilgan, xalqaro miqyosda tan olingan yetuk olim, akademik Nazar Turayev xotirasini ulug‘lash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Abdimo‘minovich Ruziyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Uy muzeyi” doim bu yerga keluvchilar bilan gavjum.
📌 Umumta’lim maktablari o‘quvchilari, talabalar hamda viloyatimiz mehmonlari uy muzeyiga tashrif buyurib, akademik Nazar Turayevning ulkan ilmiy merosi bilan yaqindan tanishmoqdalar.