🔰 Maʼlumki, oliy taʼlim muassasalarida boʻlgʻusi mutaxassis kadrlarga tarbiyaviy va kasbiy ta’sir koʻrsatuvchi ustoz-shogird anʼanalari eng samarali tajribalardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Ushbu an’ana yoshlarni nafaqat o‘z sohasining yetuk bilimdoni, barkamol inson sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
DTPI Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida ham mazkur an’ana doimiy ravishda qo‘llanib kelinmoqda. Fakultetda faoliyat olib borayotgan “Tarix va falsafa”, “Axborot texnologiyalari”, “Moliya va bank ishi” hamda “Raqamli iqtisodiyot” kafedralarining tajribali professor-o‘qituvchilari iqtidorli talabalar bilan bevosita ishlamoqda. Shogirdlarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy maqolalar yozish, loyihalar ishlab chiqish hamda o‘quv jarayonida faol ishtirok etish bo‘yicha amaliy ko‘mak berilmoqda.
📌 Mazkur tashabbus yoshlarda ustozlariga hurmat, ilmga muhabbat va fidoyilik ruhini shakllantirishga xizmat qilmoqda.