Universiti Putra Malaysia (UPM) vakillari Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurdi
15/10/2025
✅ Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Malayziyaning nufuzli universitetlaridan biri Putra Malaysia (UPM) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔰 Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida ilmiy va akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar va ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
📍 Tashrif O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi do‘stona aloqalarning amaliy ifodasi bo‘ldi. 🌍🎓