🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Uch avlod uchrashuvi: kecha, bugun va kelajak” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👍 Tadbirda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Shukurov Sharof Tojiboyevich, nafaqadagi podpolkovnik Begimov Amirqul Omonovich hamda bir guruh faxriylar va Aniq va tabiiy fanlar hamda Filologiya fakultetlari tyutorlari va talabalari ishtirok etishdi.
🔰 Uchrashuv davomida yurt tinchligi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda avlodlar davomiyligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.