🏢 1-oktabr—“O‘qituvchi va murabbiylar” bayrami munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga “Do‘stlik” ordeni sohibi, tarixchi ustoz, Habibullo Ismatullaev bilan “Uch avlod uchrashuvi” doirasida tadbirlar o‘tkazildi.
🖌 Dastlab Axborot resurs markazida boshlangan qizg‘in jarayon, Aniq va tabiiy fanlar hamda Filologiya fakultetlarida davom etdi.
✅ Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda H.Ismatullaev Toshkent shahrida kechgan jarayonlar haqida to‘lqinlanib so‘zlab berdi. O‘z navbatida talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.