Texnikum bitiruvchilari ta’limni suhbat asosida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida (DTPIda) davom ettirishlari mumkin!
24/07/2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalariga, jumladan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga, kirish imtihonlarisiz, suhbat asosida qabul qilinmoqda.
❓ Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Quyidagi mezonlarga mos keluvchi texnikum bitiruvchilari: ✅ Butun o‘qish davrida faqat “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)” baholar olganlar; ✅ Umumiy fanlardan kamida 50% (tibbiyot yo‘nalishlari uchun — kamida 85%) “5 (a’lo)” bahoga ega bo‘lganlar.
✅ Bitiruvchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi; ✅ Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga bakalavriatning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish huquqi beriladi.
❓ Qaysi texnikum va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari DTPIda tahsilni davom ettirishi mumkin?
📎 Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali oling: 🔗 Texnikum bitiruvchilari uchun muhim (https://drive.google.com/file/d/1A0TNu4hMGl5vD9nTIn0AdIYyKfSDOAbf/view?usp=drive_link)
📞 Murojaat uchun tel: 97-699-50-55
🏛 Fursatdan unumli foydalaning — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti sizni kutmoqda!