Termiz shahrida “Talaba – yugur” ko‘ngillilar sport musobaqasi boshlandi
04/10/2025
⚡️ Surxondaryo viloyati miqyosida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida keng qamrovli “Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi ayni vaqtda Termiz shahrida start olmoqda. Ushbu musobaqa yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda talaba yoshlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. Mazkur tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.