🖇O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, belgilangan ustuvor maqsad va vazifalar ijrosini amalda joriy etish yuzasidan institut rektori Oybek Abdumo‘minovich Ruziyev ishtirokida Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🖌 Prezidentimiz Murojaatnomasida islohotlarning real natijalari, o‘zgarishlarning hayotimizdagi aksi va kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida aniq fakt va raqamlar keltirilgan bo‘lib, fakultet jamoasiga ularning mazmun-mohiyati, oliy ta’lim tizimiga tatbiq etilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida ham so‘z yuritildi.