Taqdirlash

28/12/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev tomonidan yil davomida o‘zining fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va yuqori natijalari bilan ajralib turgan faol xodimlar hamda talabalar munosib taqdirlandi. Jumladan, “Eng faol yil talabasi” tanlovining respublika bosqichida munosib ishtirok etib, “Eng faol tadbirkor ayol” nominatsiyasi bo‘yicha 🥇-o‘rinni qo‘lga kiritgan Imomaliyeva Shaxzoda alohida e’tirof etildi.

📌 Shuningdek, yil davomida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kafedra mudirlari hamda “Yilning eng yaxshi tyutori” tanlovi g‘oliblari ham institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Ushbu tadbir ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-pedagogik faoliyatni yanada rivojlantirish va yoshlarni faol bo‘lishga undash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.