“Talabalar teatr studiyasi” ko‘rik-tanlovining 2-hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
16/12/2025
⚡️ Termiz shahri markazida joylashgan muhtasham “San’at saroyi”da “Talabalar teatr studiyasi” ko‘rik-tanlovining 2-hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tanlovda turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan iqtidorli yoshlar o‘zlarining sahna mahorati, ijodiy yondashuvi hamda san’atga bo‘lgan muhabbatini namoyon etdilar. Tomoshabinlar e’tiborini tortgan sahna ko‘rinishlari tanlovga o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
📌 Ushbu nufuzli tanlovda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Turon” talabalar teatr studiyasi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Jamoa a’zolari ijodiy chiqishlari, sahnadagi uyg‘unlik va mazmunli g‘oyalar orqali hakamlar hay’atining e’tirofiga sazovor bo‘lishdi. Natijada “Turon” talabalar teatr studiyasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, institut sha’nini munosib himoya qildi. Bu yutuq yosh ijodkorlar uchun kelgusidagi muvaffaqiyatlarga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.