⚡️ Termiz shahrida “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi bo’lib o’tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyatining barcha oliy ta’lim muassasalari o‘z pavilonlarida talabalarning ilmiy-amaliy ishlanmalari, innovatsion g‘oya va startaplarini namoyish qildi. Ish beruvchilar bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berdi, sport musobaqalari va madaniy chiqishlar tashkil etildi.
📌 Nufuzli kompaniyalar rahbarlari va mutaxassislar yoshlarga kasbiy rivojlanish bo‘yicha foydali maslahatlar berdi. Tadbir yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilish, orzu-maqsadlarini amalga oshirish uchun muhim imkoniyatdir. Ushbu jarayonlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham faol qatnashdi.