Talaba yutug’i

04/07/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetining Xorijiy til yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagan Qodirova Muxlisa hozirda Janubiy Koreya Respublikasining Seul shahrida joylashgan Joongbu universitetining “International Trading” (Xalqaro savdo) yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichi 1-kurs talabasi sifatida tahsil olmoqda.

📌 Bitiruvchilarning bunday yutuqlarga erishishi institutda zamonaviy bilimlar, chet tillarini chuqur o‘rgatish va xalqaro hamkorlik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasi ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu muvaffaqiyat boshqa talabalar uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.