Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Ustoz – ezgulik nurini sochuvchi mayoq” tadbiri bo‘lib o‘tdi
27/09/2025
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabalari tashabbusi bilan “Ustoz – ezgulik nurini sochuvchi mayoq” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🎤 Tadbirni fakultet dekani Maqsud Toshboboyev ochib berib, o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnati, jamiyat taraqqiyoti hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ustoz va muallimlar qadr-qimmati haqida to‘xtalib, soha vakillarini bayram bilan tabrikladi.
💐 Dastur davomida guruh yetakchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Talabalar institut ustozlariga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini qo‘shiq va she’rlar, raqs hamda sahna ko‘rinishlari orqali ifoda etdilar.