Surxondaryo viloyati Denov tumani delegatsiyasi Tojikiston Respublikasining Hisor tumanida bo‘lib o‘tayotgan Navro‘z umumxalq bayrami shodiyonalarida ishtirok etmoqda.

23/03/2026

Mazkur tashrif doirasida ikki hudud o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, bayram tadbirlari davomida milliy urf-odatlar, an’analar va boy madaniy meros namoyish etilib, o‘zaro tajriba almashish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.