⚡️ 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Denov tumanidagi Chuqurqishloq MFY hamkorligida mahallada sumalak sayli tashkil etildi.
🖇 Sumalak sayli azaldan birdamlik, ahillik va bag‘rikenglikni tarannum etib kelayotgan bahor ayyomidir. Tadbirda talabalar mahalla ahli bilan hamjihatlikda ishtirok etib, milliy sport o‘yinlari, lapar va kuy-qo‘shiqlar orqali bayramona kayfiyat yaratdilar.
📌 Shuningdek, institutga tashrif buyurgan Hindiston delegatsiyasi akademik Nazar To‘rayev uy-muzeyida bo‘lib, olimning hayoti va ilmiy faoliyati bilan tanishdi hamda sumalak saylida ishtirok etdi. Mazkur tadbir do‘stlik, madaniy hamkorlik va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.