“Shaxsiy rivojlantiruvchi va jamoaviy jipslikni shakllantirish” mavzusida psixologik trening
08/05/2025
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2025-uil 25-martdagi 14/662-son xati, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda 36691-harbiy qism o’rtasidagi 2025-yil 15-apreldagi 001-2025-sonli o’zaro shartnomasiga binoan, 7-may 2025-yilda Pedagogika va psixologiya kafedra o’qituvchilari Tojiddin Yo’ldoshev, Ulugbek Shomurotov, Nilufar Rahmonova va Fazliddin Odinaboboyevlar tomonidan 36691-harbiy qismda askarlar va harbiy qism xizmatchilari uchun “Shaxsiy rivojlantiruvchi va jamoaviy jipslikni shakllantirish” mavzusida psixologik treninglar olib borishdi.
📌 Trening davomida askarlar turli xil psixologik savol-javoblar va psixologik o’yinlarga ishtirok etishdi. Trening yakunida askarlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdilar.