🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetining Turizm yo‘nalishi talabalari ichki turizm doirasidagi navbatdagi manzil — Samarqand viloyatida bo‘ldilar. Sayohat davomida talabalar quyidagi muqaddas va tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi:
🖇 Xoja Doniyor ziyoratgohi 🖇 Bibixonim maqbarasi 🖇 Hazrati Xizr masjidi va Islom Karimov maqbarasi 🖇 Shohi Zinda me’moriy ansambli 🖇 Registon — dunyo tamaddunining durdonasi
🔸 Mazkur sayohat nafaqat bilim va ma’naviyat manbai bo‘ldi, balki talabalar qalbida milliy g‘urur va yurtga mehr tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
⚡️ Sayohat yakunida talabalarning dam olishi va zamonaviy infratuzilmalar bilan tanishish maqsadida Samarqand City majmuasiga ekskursiya uyushtirildi.