RUDN (Patris Lumumb nomli Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti) bilan hamkorlik yo‘lida

25/06/2025

🏛 Bugun institutimiz raqamli axborot markazida RUDN bilan hamkorlikda rus tili fani o‘qituvchilarining bilim darajasini aniqlash va sertifikatlash markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

✅ Marosimda institutimiz rektori O.A.Ro‘ziyev, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari va rus tili kafedrasi o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

📌 Markaz Filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan ochildi. Maqsad—o‘qituvchi va talabalarning rus tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish.

✳️ Uylaymizki, yangi ochilgan markaz nafaqat institutimiz va tumanimiz, balki viloyatimizdagi barcha rus tili fani o‘qituvchilarining bilimlarini kengaytirish va rag‘batlantirishga munosib hissasini qo‘shadi.