🏢 DTPIda “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida“Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Aniq va tabiiy fanlar fakultetining 1-kursga qabul qilingan talabalari ishtirok etdilar.
⚡️ Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning ta’lim jarayoniga tezkor moslashuvi, shuningdek, yoshlarni ma’naviy va ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga undashdan iborat bo‘ldi.
📌 Uchrashuv davomida institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilar talabalarga yaratilgan sharoitlar, yangi loyihalar, ta’lim jarayonidagi ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Talabalar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, rektor va mutasaddi rahbarlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob oldilar.
🎓 Tadbir jarayonida yoshlarga ta’lim, fan, madaniyat va sport sohalarida erishilayotgan yutuqlar haqida ham so‘z yuritildi. Institut rektori talabalarni faol bo‘lishga, tashabbuskor g‘oyalarni ilgari surishga da’vat etdi.