Rektor huzuridagi navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi
05/11/2025
🏛 Yig‘ilishni institutimiz rektori O.A.Ruziyev boshqarib bordi. Hamda institutda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident qarorlari, farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari va topshiriqlari, Vazirlik Hay’at qarorlarining ijrosi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga to‘xtaldi.
✅ Shuningdek, Jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i M.Haqberdiyevning, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor R.E.Shukurovning, Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i D.Shukurovning, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i B.Primkulovlarning axborotlari tinglandi.
📌 Kengash yig’ilishida ko’rilgan masalalar bo’yicha mas’ullarga ushbu topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.